Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakatimiz prezidenti Sh. Mirziyoev kelgusi yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb nomlashni taklif qildi. Bu esa barcha yurtdoshlarimizni birdek quvontirdi.

Yangi yilning nomidan ma’lumki, unda xalq farovonligi va xavfsizligini ta’minlash, ona Vatanimiz tinchligini asrashdek ezgu maqsad ko‘zlangan. Bu esa mamlakat Bosh Qomusida belgilangan fuqarolarning haq-huquqlari, erkinliklari, burch va majburiyatlari amalda yanada mustahkamlanishini ko‘rsatadi.

Darhaqiqat, mamlakatimiz fuqarolarining kafolatlangan huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlari hamisha hukumatimiz diqqat markazida bo‘lib kelgan. Biz buni kasbiy faoliyatimizdan kelib chiqib his qilamiz. Masalan, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimizga monand bo‘lgan Yarashtiruv instituti huquqiy normasi joriy qilindi.

Yaqinda tashkilotimizga bir ayol shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Tekshiruvda er xotiniga tan jarohati yetkazgani, sud tibbiyot ekspertizasining bergan xulosasi ham mavjudligi aniqlashtirildi. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan fuqaroning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjud edi. Vaqt o‘tib, jahldan tushgan jabrlanuvchi da’vo ariza yozganidan pushaymonligi, ikkalasining munosabatlari tiklanganligi to‘g‘risida qayta ariza berdi. Bunday paytlarda ikki tomonni qayta tinglab, erning o‘z qilmishidan qattiq afsuslanayotganini, xotini ham kechirganligi va yarashib ketganliklarini inobatga olib, yarashtiruv huquqiy normasi qo‘llanildi. Zero, bizda azaldan inson manfaatlari oliy qadriyat bo‘lib kelgan.

Tergov faoliyatimizda mazkur yilning noyabr oyida ushbu huquqiy norma qo‘shnilar, opa-singillar, aka-ukalar, tasodifan begonalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan nizolarni bartaraf etishda 22 marta qo‘llanildi. Bu 44 ta oilaning osoyishtaligi, 22 nafar insonning taqdiriga qora chiziq – sudlanganlik tamg‘asining urilishidan asrab qolindi, deganidir. Eng asosiysi, ushbu nizolarni oilada ulg‘ayotgan bolalarga yomon ta’sirining oldi olindi.

Shu birgina huquqiy norma – Yarashtiruv instituti ham istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning yorqin ifodasi ekanligini ko‘rsatadi.

 

Sh. HAYDAROV,

Chilonzor tuman Ichki ishlar bo‘limi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

Yana o‘qing:  Yozgi ta’til maroqli o‘tmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: