7 kun davomida

Milliy matbuot markazida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda jamg‘armaning jahon aholisi holati to‘g‘risidagi hisoboti taqdim etildi. Bu yilgi ma’ruza “10 yosh: bizning kelajagimiz ushbu yoshdagi qizlarga qanday bog‘liq” nomi ostida nashr qilingan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlik bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

To‘rt qavatli va 165 o‘ringa mo‘ljallangan yangi shifo maskanida jarrohlik bloki, neyroxirurgiya, jarohat oqibatlari va ortopediya, ko‘krak qafasi va qon tomirlari jarrohligi, otolaringologiya va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limlari joylashgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining ish bilan bandligidagi sifat o‘zgarishlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

“Toshkent quvonchlari” VI xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi ochildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida mamlakatimiz yosh ijodkorlari qatorida Germaniya, Fransiya, Ruminiya, Latviya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Singapur, Ozarbayjon, Ukraina singari yigirmadan ortiq mamlakat bolalarining uch mingdan ortiq ijodiy ishi taqdim etilgan. Ularning ijodiy ishlari “Bolalik dunyosi”, “Mening Vatanim”, “Men yashayotgan dunyo”, “Men bilgan O‘zbekiston” singari mavzular bo‘yicha namoyish qilinmoqda.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Kalsiy erta qarishning oldini oladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: