Yana yurt bag‘rida sog‘u salomat

17 fevral kuni, Germaniyaning nufuzli klinikalarida olti oydan ziyod vaqt mobaynida turli xastalik bilan davolangan 12 nafar bemor bolalar o‘z sog‘lig‘ini tiklab, ota-onalarining bag‘riga qaytishdi.

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining 44-bandiga muvofiq, imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan oilalarda tug‘ilgan tibbiy yordamga muhtoj bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish, tayanch-harakat tizimi va bo‘yin umurtqa pog‘onasi shikastlangan bolalarga “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida mamlakat klinikalarida jarrohlik yordamini ko‘rsatish, tanasi kuygan bolalarni davolash borasidagi ishlarda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining ham alohida o‘rni bor. Shu maqsadda, jam­g‘arma tomonidan bemor bolalarni chet elning nufuzli klinikalarida davolashning maxsus dasturi ishlab chiqilgan.

2002 yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. O‘tgan yil davomida jamg‘arma tomonidan Germaniyaga davolanish uchun jo‘natilgan 12 nafar bemor bolalar davolanish muolajalarini o‘tab, yurtimizga, oila davrasiga qaytishdi.

Ma’rifat TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Sud-huquq sohasini yoritishda bilimingiz yetarlimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: