LIONEL MESSI ISPAN TILI LUG‘ATIDA
Ispaniyaning Santillana lug‘atiga o‘zagi “Barselona” futbol klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining familiyasidan tashkil topgan sifat turkumiga oid inmessionante so‘zi kiritildi. Bu haqda Ispaniyaning “El Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda.
Yangi so‘z ikki xil ma’noga ega:
1) Messining o‘yin uslubi, o‘zini cheksiz mukammallashtirish qobiliyati;
2) barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchiga beriladigan ta’rif.
Ko‘p yillardan beri Messi bilan hamkorlik qilib keladigan “Pepsi” kompaniyasi Messining o‘yinini ta’riflaydigan sifat turkumiga oid so‘zni o‘ylab topish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda maxsus targ‘ibot kampaniyasini tashkil etgan edi. Taklif etilgan variantlar orasidan eng yaxshisini tanlash Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Alexandro Sabelyaga topshirildi va murabbiyga ko‘proq inmessionante so‘zi ma’qul keldi.
Yangi ispancha so‘z kiritilgan Santillana lug‘ati “Pepsi” ko‘magi asosida nashr etiladi.
Internet materiallari asosida Farhod Tolipov tayyorladi.