APPLEDAN AJABTOVUR SOATLAR
Apple qo‘l soatlari ko‘rinishidagi “aqlli” qurilma loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda “The New York Times” gazetasi xabar bermoqda.
“Soatlar” iPhone smartfonlari, iPod Touch pleerlari va iPad planshetlarida foydalaniladigan iOS operatsion tizimi ostida ishlaydi.
Qurilmaning o‘ziga xosligi – uning egiluvchan ekrani bo‘lib, axborot beruvchilarning ma’lum qilishicha, u qo‘lni o‘rab oladi. Taxminlarga ko‘ra, qurilma displeyida 2012 yili Corning kompaniyasi ishlab chiqqan Willow Glass yupqa oynasidan foydalaniladi.
“Aqlli soatlar” haqida xabar tarqatgan yana bir nashr – “The Wall Street Journal” ma’lumotlariga ko‘ra, qurilmani Apple’ning eski hamkorlaridan biri – Tayvanning Foxconn kompaniyasi ishlab chiqaradi.
Qayd etish joiz, Apple “soatlari” to‘g‘risidagi mish-mishlar internetda avval ham paydo bo‘lgandi. “The New York Times” gazetasining sayti 2011 yilning dekabrida Tik Kukning kompaniyasi iPod pleerining bilakda osib yurish mumkin bo‘lgan egilgan ekranli ko‘rinishini chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
2012 yilning dekabrida esa Xitoyning Tech.163 sayti Apple Intel protsessori bazasida ekrani bir yarim dyyumga teng bo‘lgan va Bluetooth moduli bilan ta’minlangan soat ustida ish olib borayotganini qayd etib o‘tgandi.