Xavf e’tiborsizlik ortidan ergashadi
Kunlar sovushi bilan aholining issiqlikka bo‘lgan ehtiyoji ortib boradi. Energetika resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq noxush voqealarning oldini olish maqsadida respublikamizda joriy yil 10 noyabridan 2017 yilning 10 yanvariga qadar yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda.
Bugungi kunda fuqarolarimizning yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilmasligi yoki unga rioya etmasliklari oqibatida, shuningdek, turar joy binolarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari paytida zaruriy qoidalarga e’tibor qaratmasliklari tufayli turli noxush holatlar kelib chiqmoqda. Bu esa ayrim yurtdoshlarimizning tan jarohati olishiga, eng achinarlisi, insonlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lmoqda.
Xalqimizda “Yong‘inni o‘chirishdan ko‘ra uni oldini olgan afzal”, degan naql bor. Ana shu ibora har birimiz uchun dasturilamal bo‘lmog‘i kerak. Zero, sergaklik va ogohlik doimo ko‘ngil hotirjamligini ta’minlaydi.
Nozim PO‘LATOV,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi katta muhandisi, mayor