Bokschilarimizning muvaffaqiyati

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan jahon chempionatida 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Dunyoning oltmishdan ziyod davlatidan uch yuzdan ortiq sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqaning vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahslarida Bilolbek Mirzarahimov finalgacha qozog‘istonlik Sanatali Toltayev, armanistonlik Narek Xovxanissyan, rossiyalik Beslan Hamzayev va turkiyalik Nejat Ekinjini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Otabek Xolmatov, Shunqor Abdurasulov va Shohro‘z Rahimov bronza medali bilan taqdirlandi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Maqsad – sport muxlislarini xushnud etish

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: