Bu shaharda qanday odamlar yashaydi?

Shahar chetida bir qariya o‘tirardi. Bir yosh yigit kelib, undan so‘radi:

– Men juda uzoqdan kelyapman. Bu shaharda bo‘lmaganman. Bu yerda qanday odamlar yashaydi?

Chol uning savoliga savol bilan javob berdi:

– Sen chiqqan shaharda qanday kishilar yashardi?

– U joyni xudbin va yomon odamlar egallagandi. Shu sababli ham u yerdan ketdim.

– Bu yerda ham xuddi o‘shanday odamlarni uchratasan, – deb javob berdi oqsoqol.

Biroz vaqt o‘tib, boshqa bir kishi keldi va xuddi o‘sha savolni berdi. Chol yana o‘shanday savolli javob qaytardi.

– Olijanob, mehmondo‘st, daryo fe’lli odamlar yashaydigan shahardan kelyapman, – dedi yo‘lovchi. – U yerda juda ko‘p do‘stlarim qoldi.

– Bu yerda ham xuddi shunday odamlarni uchratasan, – dedi qariya.

Sal narida tuyalarini sug‘orayotgan savdogar cholning gaplariga quloq tutib turgandi. Ikkinchi yo‘lovchi ketgach, qariyaning yoniga kelib, kinoya bilan so‘radi:

– Bir xil savolga mutlaqo bir-biriga teskari javoblar berdingiz shu insofdanmi?

– O‘g‘lim, – deb javob berdi chol, – kelgan yurtida biror-bir yaxshilik topmagan odam bu yerda ham xuddi shu tarzda kun kechiradi. Begona yurtda do‘st orttira olgan ikkinchi kishi esa bu yerda ham yaxshi do‘stlar topadi. Biz atrofimizdagilarni qanday ko‘rsak, ular shunday kishilarga aylanadi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

Yana o‘qing:  Umuminsoniylik – bosh mezon

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: