O‘zbekiston – umumiy uyimiz

Buxoroda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida respublika do‘stlik va madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan “Sog‘lom avlod tarbiyasida millatlararo totuvlikning o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda viloyatdagi milliy madaniyat markazlari, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Viloyatda turli millat va elat vakillari Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlardan keng foydalangan holda totuvlik va hamjihatlik muhitida yashab, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Ularning o‘z ona tilida bilim olishi, milliy san’ati va an’analarini davom ettirishi uchun yurtimizda keng imkoniyatlar yaratilgan.

Festival doirasidagi tadbirlarda viloyatdagi milliy madaniyat markazlari faoliyatiga oid ko‘rgazmalar namoyish etildi hamda milliy madaniyat markazlari badiiy havaskorlik jamoalari va viloyat san’atkorlarining Vatan, tinchlik, do‘stlik, ezgulik va yoshlikni tarannum etuvchi konsert dasturi bilan yakunlandi.

 

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  Bo‘lajak mutaxassislar ustozlar tajribasini o‘rganishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: