Musavvirning “Anorli bog‘”i tomoshabinni xayolotga undaydi
Toshkent Fotosuratlar uyida rangtasvirchi rassom, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Hikmat Jalilovning “Rassom dunyosi” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. Nuriddinov, O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi A. Mirzayev va boshqalar rassomning ranglar jilosi, psixologik muhit holati va xayolotning badiiy obrazlardagi ifodasini katta mahorat bilan san’at ixlosmandlariga yetkaza olish mahorati xususida so‘z yuritdi.
Musavvirning “Angren tog‘lari”, “Qizil tog‘lar”, “Bahor”, “Anor sharbati”, “So‘qoq qo‘shig‘i”, “Qorli tog‘lar”, “Tandir”, “Farishtalar parvozi”, “Tonggi Xiva”, “Kun va tun” kabi suratlaridagi tasavvur va ranglar uyg‘unligini ko‘rib, ko‘rgazmaga kelgan har bir ijodkor va muxlis bahramand bo‘lmoqda.
Ko‘rgazmada muallifning yetmishga yaqin asari muxlislar e’tiboriga havola etilgan.
V. PO‘LATOVA