To‘yib uxlamaslik ortiqcha ovqat yeyishga sabab bo‘ladi
Londondagi Kings-kollej mutaxassislarining fikricha, to‘yib uxlamaslik ortiqcha ovqat yeyishga olib keladi.
To‘yib uxlamaslikdan aziyat chekadiganlar me’yorida uxlaydiganlarga nisbatan kuniga 385 kaloriya ko‘proq ovqat yeydilar. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, to‘yib uxlamaslik sirkad sur’atlari ishini izdan chiqaradi. Bu esa grelin va leptin gormonlari ishlab chiqarilishiga ta’sir qiladi. Bulardan birinchisi ochlik, ikkkinchisi to‘yganlik hissiga javob beradi.
Olimlar buni tekshirish uchun 11 ta tadqiqot o‘tkazishdi va ularda umumiy hisobda 172 kishi ishtirok etdi. Ushbu tajribalarda sun’iy ravishda buzilgan va normal uyqudan keyin 24 soat ichida kaloriyalar iste’mol qilinishi taqqoslandi.
X. HUSENOVA