Ilmiy-amaliy anjuman

Poytaxtimizda asab kasalliklarini barvaqt aniqlash va davolashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda birlamchi tibbiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam hamda profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlari ko‘lamini kengaytirish, tibbiyot ilmini yanada rivojlantirish va uning yutuqlarini amalga izchil tatbiq etishga qaratilayotgan e’tibor o‘z samarasini berayotir.

Tibbiyot amaliyotida shifokorlarimiz kompyuter tomografiyasi, dopplerografiya singari zamonaviy diagnostika vositalaridan samarali foydalanilayotgani bois, asab tizimi xastaliklarini barvaqt aniqlash, tez va samarali davolash, nogironlikning oldini olish va inson umrini uzaytirishda muayyan natijalarga erishilmoqda.

Ilmiy-amaliy anjumanda asab tizimi xastaliklarining oldini olish, ularga tashxis qo‘yish, davolash, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, jarrohlik sohasida qo‘llanilayotgan yuksak texnologiyalardan foydalanish samaralari, tibbiy reabilitatsiya masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Tadbir doirasida mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bakalavr va magistr talabalari uchun “mahorat darslari” tashkil etildi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: