4 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni
Joriy yilning 4 dekabr kuni o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari joylarda bo‘lib, ushbu siyosiy tadbirga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishmoqda.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Vsevolod Perevozchikov va Xartvig Gantram Gans Kaboz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasi a’zolari bilan uchrashdi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Jizzax viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasida ushbu missiya vakillari Aleksandr Pashedko va Toril Land bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilari missiyasi rahbari Yoxan Peter Traugott Teyler bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Missiya ekspertlari mamlakatimizda elektron hukumat tizimi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji va istiqbollari bilan tanishtirildi.
O‘zA materiallari asosida tayyorlandi