“GULSHANI ODAM SAMARI SO‘ZDURUR”

Alisher NAVOIY

Odamiy badandur, himmat anga ruh,

Himmat ahlidin olamda yuz ming futuh.

Odam bir badan bo‘lsa, himmat unga ruh(jon)dir, olamdagi barcha ezguliklar himmat ahli tufaylidir.

* * *

Ushoq qand oq tuzga monand erur,

Va lekin biri tuz, biri qand erur.

Ko‘rinishda shakarning tuzdan farqi yo‘qdir, lekin bittasi tuz bittasi qanddir.

* * *

Ulcha erur tiflg‘a shoyista ish,

Bilki, kichiklikda erur parvarish.

Bolaga loyiq ish — uni yoshligida tarbiyalashdir.

* * *

Qatraga chun tarbiyat etdi sadaf,

El boshiga chiqqucha topti sharaf.

Sadaf bir tomchini tarbiya qilgach, tarbiya natijasida ul tomchi odamlarning boshlariga ko‘tarilish darajasiga yetdi.

* * *

Yaxshilig‘ gar qilmasa, bori

yomonlig‘ qilmasa,

Kim yomonlig‘ qilmasa,

qilg‘ancha bordir yaxshilig‘.

Qani endi, yaxshilik qilmaydigan kishi sira yomonlik ham qilmasa! Uning yomonlik qilmagani yaxshilik qilgan bilan barobar.

* * *

Rostdur ulkim, nazari to‘g‘ridur,

Kim iligi egridur, ul o‘g‘ridur.

Nazari to‘g‘ri kishining o‘zi ham to‘g‘ri, qo‘li egri kimsa esa o‘g‘ridir.

* * *

Odamiyg‘a yaxshi ko‘p avsof erur,

Lek alarning ashrafi insof erur.

Insonga xos yaxshi fazilatlar ko‘p, lekin ularning eng afzali insofdir.

* * *

Ne qushkim, bo‘lsa himmatdin qanoti,

Emas past oshyonga iltifoti.

Qanoti himmatdan iborat bo‘lgan qushning past uyaga mayli bo‘lmaydi.

* * *

Ma’dani inson guhari so‘zdurur,

Gulshani odam samari so‘zdurur.

Insoniyat ma’danlarining qimmatbaho injulari ham so‘zdir. Odamiyat chamanzorining mevasi ham so‘zdur.

* * *

Ki har kim ayon etsa yaxshi qiliq,

Yetar yaxshiliqdin anga yaxshiliq.

Yaxshilikni ravo ko‘rganlarning o‘zlariga ham yaxshilik yetadi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: