Shunday aziz yurtda ulg‘ayganimdan Yaratganga shukronalar aytaman

Ona uchun dunyoda eng ulug‘ baxt nima deb so‘rashsa, hech ikkilanmay farzandlar sog‘lig‘i, ularning baxtu kamoli deb javob bergan bo‘lardim.

Qizalog‘im dunyoga kelganda unga ezgu niyatlar ila Jasmina deb ism qo‘ydik. Farzandim kundan-kunga hammaning havasini keltiradigan, shirintoy qizaloq bo‘lib, ulg‘aya boshladi. Shunday kunlarning birida kutilmaganda baxtsiz hodisa yuz berdi-yu, butun dunyo ko‘zimga tor bo‘lib ketdi. Kimyoviy kuyish Jasminaning oyoqlariga “kishan”soldi, go‘yo. Shifokorlar farzandimga chap oyoq boldir qismining falajligi deya tashxis qo‘yishdi.

Maktab yoshiga yetgach, bir to‘shakda og‘rinib yotgan qizimga, bir orqasiga sumkani ilgancha maktab tomon chopib borayotgan tengdoshlariga qarab, ko‘zimdan “duv-duv” yosh tomchilardi. Shu taxlit kunlar, oylar o‘taverdi…

Kunlarning birida Buxoro viloyat tibbiy ijtimoiy patronaj brigadasi shifokorlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Jasmina kabi bemorlarga yordam berishini aytishdi. Menda yana umid uchqunlari paydo bo‘ldi. Tibbiy tekshiruvlardan o‘tgach, qizimni Germaniyaga davolash uchun yuborishdi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng esa u butunlay oyoqqa turdi.

Oilamiz bilan Jasminani kutib olish uchun aeroportga chiqdik. Biz tomon o‘z oyoqlari bilan yurib kelayotgan bolamni ko‘rib, ko‘zlarimdan shashqator sevinch yoshlari oqdi. O‘sha paytdagi xursandchiligimni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman.

Hozirda qizim maktabga o‘zi bemalol borib keladi. Bilim bobida tengdoshlaridan sira qolishmaydi. Ba’zida darslarga berilib ketsa, undan biroz dam olishini so‘rayman. Shunda u menga “onajon, kelajakda eng zo‘r shifokor-jarroh bo‘laman. Buning uchun ko‘p o‘qishim kerak” deydi. Ana shunday kezlarda ona va bola salomatligi yo‘lida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan shunday aziz yurtda ulg‘ayganimdan Yaratganga shukronalar aytaman.

Shu fursatdan foydalanib, farzandimni tengdoshlari bilan bilim olish baxtiga muyassar qilganlari, menga esa orzu-umidlarimni qaytarib berganlari uchun “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining barcha jonkuyar xodimlariga cheksiz minnatdorligimni bildiraman. Kelajakdagi xayrli ishlaringizda omad va zafarlar tilayman!

 

Lutfiya HUSENOVA, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani

Yana o‘qing:  “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2014”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: