Umrni uzaytiruvchi gen
Amerikalik olimlar umrni uzaytiradigan genni aniqlashdi.
Genetiklar tajriba davomida “Saccharomyces cerevisiae drojji” mikroorganizmlari genomini modifikatssiya qilgan. Tajriba davomida olimlar genetik kodiga alohida o‘zgarishlar kiritilgan 4 ming 698 ta modifikatssiyalangan bakteriyani olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, organizm umri davomiyligiga 238 ta gen ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ulardan faqat bittasi – ya’ni LOS1 ni o‘zgartirish achitqi zamburug‘lari hujayralari umrini naq 60 foizga uzaytirdi.
Qayd etish joiz, olimlar tajribada organizmlarning umumiy umri davomiyligini emas, balki ona hujayra bo‘linish qobiliyatini saqlab tura oladigan davrni hisobga olgan.
X. HUSENOVA