TA’LIM-AMALIYOT-BANDLIK UYG‘UNLIGI
Buxoro shahridagi pedagogika kollejida 1527 o‘quvchi boshlang‘ich ta’lim, maktab va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, matbaa, musiqiy ta’lim, jismoniy tarbiya va bolalar sporti, axborot tizimlari va texnologiyalari, maktabgacha va oilaviy ta’lim yo‘nalishlarida puxta bilim olmoqda.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan jihozlangan kollejda ta’lim va amaliyot uzviy aloqada. O‘quvchilar mashg‘ulotlardan bo‘sh paytida ta’lim-tarbiya maskanlarida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘layotir. Shu kunlarda esa joriy yildagi 522 bitiruvchi-o‘quvchini kelgusida doimiy bandligini ta’minlash maqsadida uch tomonlama shartnoma tuzish ishlari boshlab yuborilgan.
Tohir ISTATOV