Diqqat, fototanlov: “Betakrorimsan, O‘zbekistonim!”
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magida o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi: Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Jurnalistika – davr ko‘zgusi” deb bejiz aytmagan. Darhaqiqat, OAVlari mamlakatimizdagi ulug‘vor o‘zgarishlarni, keng qamrovli islohotlarni, xalqning turmush hayotini o‘zida ifoda etadi. Zero, istiqlol yillarida mamlakatimizning turli sohalarida amalga oshirilgan islohotlar sabab xalqimizning hayot sifati yaxshilandi, taraqqiyotning o‘zbek modeli dunyo e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Yurtimiz hayotida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlarni, buyuk bunyodkorlik ishlari, tarixiy merosimiz – qayta qad rostlagan madaniy yodgorliklar, obod shahar va qishloqlar, milliy qadriyatlarimiz, diyorimizning betakror tabiatini fotosuratlarga muhrlash va ular orqali yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, xalqimiz erishgan bemisl yutuqlarni keng targ‘ib etishdan iborat.
Tanlov shartlari: Tanlov 2016 yilining 1 noyabridan 2017 yil 1 noyabriga qadar o‘tkaziladi.
Tanlov doirasida jurnalistlarning, fotohavaskorlarning, mamlakatimizdagi ulug‘vor o‘zgarishlar, ulkan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning turmush tarzi va an’analari, tarixiy-madaniy yodgorliklari, go‘zal tabiati aks etgan fotosuratlari www. soglom.uz sayti orqali namoyish etiladi. Eng ko‘p ko‘rilgan fotosuratlarning mualliflari g‘olib deb topiladi.
Fotosuratlar “Betakrorimsan, O‘zbekistonim!” fototanloviga degan qayd va qisqa sharh hamda ishtirokchi haqida ma’lumot bilan birga yuborilishi zarur.
Tanlov g‘oliblariga mukofotlar: Tanlovda g‘olib deb topilgan uch nafar ishtirokchi zamonaviy mobil aloqa vositasi bilan taqdirlanadi.
Manzil: 700129, Toshkent shahri,
Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Elektron manzil:
maktub@soglom.uz, s-avlod@mail.ru
Murojaat uchun telefon:
(0371) 244-24-85.
Mamlakatimizdagi barcha jurnalistlarni, shuningdek, foto havaskorlarni fototanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!
“Sog‘lom avlod” gazetasi hamda www. soglom.uz sayti tahririyati