Buyuk shoirga ehtirom

Bu yil she’riyat mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludiga 572 yil to‘ladi. Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan poytaxtimizdagi 249-maktabda o‘tkazilgan “Ajdodlar ruhini yod etib” deb nomlangan adabiy-musiqiy kecha ana shu sanaga bag‘ishlandi.

Tadbirni Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi Axborot xizmati metodisti Dilorom Yusupova ochar ekan, barkamol avlod tarbiyasida allomalar ibrati borasida to‘xtaldi. Zero, Alisher Navoiy yaratgan bebaho asarlar hozirgi davrga kelib, o‘quvchilar tomonidan g‘oyat katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Maktab o‘quv mashg‘ulotlarida Mir Alisher Navoiy tavallud ayyomining nishonlanishi bunga yaqqol misoldir.

Tadbirda maktab Axborot-resurs markazi xodimlari, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatni metodik ta’minlash va tishkil etish bo‘limining kutubxona ishi metodistlari, har bir tumandan ilg‘or, ijodkor maktab kutubxonachilari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda Sergeli tumanidagi 300-, Mirobod tumanidagi 110- va 249-maktab o‘quvchilari “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik”, “Ajdodlari ulug‘ yurt farzandiman” mavzularidagi chiqishlari bilan buyuk bobokalonimizga hamda u yaratgan asarlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromini namoyon etdilar. Alisher Navoiyning odob-ahloq, bilim inson ziynati ekani to‘g‘risidagi g‘azal va ruboiylaridan o‘qib eshittirdilar. Ayniqsa, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar, raqslar ijrosi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni Hazrat Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlarning ijodi, ibratli hayot yo‘li, ular qoldirgan boy madaniy va ma’naviy merosiga bo‘lgan e’tiborini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois fevral oyida poytaxtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida, Axborot-resurs markazlarida bunday tadbirlarning o‘tkazilishi ayni muddaodir.

S.QARSHIBOYEV,

Toshkent Agrar universiteti talabasi

Yana o‘qing:  SALOMATLIK YO’LIDAGI SAMARALI HAMKORLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: