Insonparvarlikning yuksak namunasi

O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,

13-moddasidan

 

Inson manfaatlarini ta’minlash davlatimiz va jamiyatimizning bosh maqsadidir. Bag‘rikeng xalqimizga xos, yuksak umuminsoniy qadriyatlarga mos bo‘lgan insonparvarlik tamoyili hayotga izchil tatbiq etilayotir.

Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, bu muqaddas Vatanda azizdir inson!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Senati tomonidan shu yil 12 oktyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qaror bu borada yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Azaldan bilmay xato qilganni yoki qilmishidan pushaymon bo‘lganlarni kechirish, ularga yana imkon berish xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatlaridandir. Amnistiya akti zamirida ham shunday buyuk insonparvarlik mujassam. Bunday bag‘rikenglik va kechirimlilik, ayniqsa, bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlarni qayta tarbiyalash, sog‘lom hayotga qaytarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Amnistiya to‘g‘risidagi hujjatning qabul qilinishi davlatimiz insonparvarligining, bu yo‘lda olib borilayotgan demokratik, ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial-iqtisodiy islohotlar izchilligining yorqin namunasi bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi vazifasini bajaruvchi Olimjon HAYITOV. – Amnistiya aktining ayrim toifadagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Qarorda ayollarni, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklarni jazodan ozod etishga alohida e’tibor qaratilgan. Chet davlatlar fuqarolari, qonunda belgilangan tartibda I yoki II guruh nogironlari deb topilgan shaxslar, boshqa toifadagi qator fuqarolarni (ayrim cheklovlarni hisobga olgan holda) jazodan ozod etish nazarda tutilgan. Amnistiya to‘g‘risidagi qaror tatbiq etilmaydigan shaxslar toifalari ham belgilangan.

Senat qarori qo‘llanilishi tartibi belgilanib, unda amnistiya hujjati bo‘yicha jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilishi lozim bo‘lgan shaxslarga nisbatan ishlar hamda materiallarni sudda ko‘rib chiqish tartib-taomili belgilab berildi. Ta’kidlash kerakki, qaror ijrosi sud tomonidan qo‘llanilayotgani inson huquqlarini sud orqali samarali ta’minlashni kafolatlash mexanizmini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Qaror ijrosini o‘z vaqtida izchil ta’minlash maqsadida sudlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishgan.

Yana o‘qing:  “SALOMATLIK” LOYIHALARI

Amnistiya akti oshkoralik asosida qo‘llanilishi uchun bu jarayonda jamoatchilik nazorati ta’minlanadi. Bu borada senatorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatlari amnistiya to‘g‘risidagi qarorning qo‘llanilishi, qarorni ijro etish tartib-taomillari ochiq-oshkoraligining ta’minlanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

– Amnistiya akti ulkan profilaktik, ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega, – deydi O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining o‘rinbosari Zafar RO‘ZIYEV. – Qarorda muayyan toifadagi shaxslarni nafaqat javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni, balki ularni davolash, bandligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasidagi boshqa qator muhim tadbirlar ko‘zda tutilgan. Bu yo‘nalishda biz Sog‘liqni saqlash, Mehnat vazirliklari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritamiz. Jazodan ozod etilishi kutilayotgan shaxslar ro‘yxatga olinib, ularga barcha zarur yordam ko‘rsatiladi. Ularning hayotga moslashishi, kelgusida jamiyat ravnaqi yo‘lida halol mehnat qilib, to‘g‘ri yo‘ldan og‘masligi uchun jamoatchilik imkoniyatlaridan unumli foydalaniladi.

Qaror ijrosining tegishli idora va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi jazodan ozod etilishi kutilayotgan shaxslar, ularning oila a’zolari hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu jamiyatda insonparvarlik tamoyili mustahkamlanishi, barqarorlik ta’minlanishiga zamin yaratadi.

 

Norgul ABDURAIMOVA,

O‘zA muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: