7 kun davomida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzuida konferensiya o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida “Har bir inson e’tiborda” shiori ostida salomatlik kunlari o‘tkazilmoqda.

 

Poytaxtimizda 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogi musobaqasi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi qizlari Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogini qo‘lga kiritdi.

 

Andijonda “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yosh iste’dodlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilayotgan mazkur festivalning tuman va shahar bosqichlarida 3 ming 500 o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: