XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-6)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 5 fevral kuni Oqsaroyda Shveysariya Konfederatsiyasi, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Afg‘oniston Islom Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Nikolya Bryul, Muhammad Nur Usmon Yusuf Balqar, Muhammad Sodiq Daudzay, Guseyn Kuliyev ishonch yorliqlarini topshirdi.

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Qo‘ng‘irot tumanida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi tomonidan “Qo‘ng‘irot – ­Ustyurt temir yo‘l obod” parrandachilik korxonasi ishga tushirildi.

Termiz davlat universitetida “Biz – diniy ekstremizmga qarshimiz!” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Yana o‘qing:  EL E’ZOZIDAGI ShIFOKORLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: