VAQT VA FURSAT QADRI
Kechning xazinasidan,
Ertaning nasibasi yaxshi.
Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat.
Bozordan qolgan bir kun qolar,
Ekishdan qolgan bir yil qolar.
Bolta tushguncha kunda dam olar.
Bultur edi kuygani,
Endi keldingmi so‘rgani.
Vaqillagan vaqtni o‘tkazar,
Qo‘lidan naqdni ketkazar.
Vaqt – omad.
Vaqt tog‘ni yemirar,
Suv toshni kemirar.
Vaqt o‘tgandan keyin,
Qilichingni toshga chop.
Vaqtim bo‘shga ketdi,
Erim go‘shtga ketdi.
Vaqtli harakat – oxiri barakat.
Dardingning vaqti o‘tsa,
Tabibdan o‘pkalama.
Yozni qo‘yib, qish dema,
Qishga yarasha ishing bor.
Yoshligingda kiymakka qizg‘anasan,
Qariganda kiymakka uyalasan.
Yoshligingda odatlansang,
Qariganda ko‘nikasan.
Qariganda odatlansang,
Ko‘nikkuncha ko‘milasan.