MTMlarda pul to‘lash tartibi o‘zgardi

O‘zbekiston Xalq ta’limi va Moliya vazirliklarining joriy yil 25 iyuldagi qo‘shma qarori bilan yangi “Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra ilgari amalda bo‘lgan 2008 yil 13 fevraldagi “Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Yangi tartibga binoan maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lov har oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Avvalgi tahrirda esa bu har oyning 10 sanasiga qadar qilib belgilangan edi.

Agar to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmasa, ilgarigidek, to‘lovning belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng ham keyingi 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmasligi bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.

Xurshida Tolibjon qizi

Yana o‘qing:  Tuz bo‘roni keltirgan talofatlarni ko‘chma laboratoriya nazoratga oladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: