MUSTAQILLIK KO‘ZGUSI

1991-yil 31-avgust. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilgi e`lon qilindi.

1992-yil 8-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1993-yil 7-may. O‘zbekiston Respublikasining birinchi ordeni — “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta`sis etildi.

1994-yil 1-iyul. O‘zbekiston Respublikasi Milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritildi.

1995-yil 26-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “1996-yilni Amir Temur yili” deb e`lon qilish to‘g‘risida”gi Farmoni e`lon qilindi.

1996-yil 19-iyul. Asaka avtomobil zavodining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Shu yili Damas, Nexia, Tico kabi uchta avtomobil liniyasi ishga tushirildi.

1997-yil 10-mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida” Qarori qabul qildi.

1998-yil 22-may. O‘zbek alpinistlaridan birinchi bo‘lib Rustam Rajapov Jomolungma (Everest) tog‘ining eng baland cho‘qqisini zabt etib, u yerda O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatdi.

1999-yil 2-mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “9-mayni Xotira va Qadrlash kuni deb e`lon qilish to‘g‘risida”gi Farmoni e`lon qilindi.

2000-yil 25-avgust. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli yoshlar uchun “Nihol” mukofotini ta`sis etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

2001-yil 20-dekabr. Qashqadaryoda Sho‘rtangaz-kimyo majmuining xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2002-yil 24-oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

2003-yil 15-noyabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi.

2004-yil 12-mart. Xorazm viloyati Xazorasp tumani hududida yana bitta katta inshoat — Amudaryo orqali o‘tgan ko‘prik ishga tushirildi.

2005-yil 8-dekabr. Prezident Islom Karimov 2006-yilni mamlakatimizda “Homiylar va shifokorlar yili” deb e`lon qilishni taklif qildi.

2006-yil 21-fevral. Respublika baynalmilal madaniyat markazida YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya va “Ma`naviyat va ma`rifat” Respublika markazi bilan hamkorlikda Xalqaro ona tili kuni nishonlandi.

2007-yil. “Asr qurilishi” deya e`tirof etilgan “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” temiryo‘l liniyasi ishga tushirildi.

2008-yil 2-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida O‘zbekistonda birinchi erkin iqtisodiy zona — “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi (EIIZ) tashkil etildi.

2009-yil 1-sentabr. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘lib o‘tdi.

Яна ўқинг:  ЎЗБЕКИСТОН ТАЪЛИМ ТИЗИМИ: ЯНА БИР ЮКСАК ЭЪТИРОФ

2010-yil 27-yanvar. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etdi va “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” mavzuida ma`ruza qildi.

2011-yil. 25-26 noyabr kunlari poytaxtimizda “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning Milliy modeli: “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” xalqaro simpoziumi yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi.

2012-yil. 16-17 fevral kuni poytaxtimizda “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuida xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi.

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: