Bolalarni saraton kasalligidan asrang
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi yillarda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida xavfli o‘sma kasalliklariga chalinish holatlari 5 foizga ortgan.
Har yili mazkur xastalik tufayli 1 million boladan o‘rtacha 50 – 200 nafari hayotdan erta ko‘z yummoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu kasallikning paydo bo‘lishiga eng asosiy sabab insoniyatning noto‘g‘ri turmush-tarzidir. Ya’ni, ushbu kasallik bolaning hayot-faoliyati bilan 70 foiz aloqador sanaladi. Aksariyat bolalar kompyuter, planshet va mobil, telefonlar bilan juda ko‘p muloqotda bo‘ladi. Ular faol hayot tarzining asosiy qismini internet va turli messenjerlarda do‘stlari bilan muloqotda bo‘lishga sarflaydi. Qolaversa, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan fast fud mahsulotlaridan ham keragidan ortiq iste’mol qilishadi.
Sir emaski, noto‘g‘ri ovqatlanish va juda ko‘p bir joyda o‘tirish vaznning ortishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra bu kabi olimlar saratonning bir qancha turlarining rivojlanishiga olib keladi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, ota-onalar farzandlarining hayot tarziga e’tiborli bo‘lishlari, mazkur xastalikning oldini olishda juda muhim sanaladi.
Xurshida HUSENOVA