O‘zbekiston sayyohlik salohiyati

Fransiya poytaxti Parij shahrida 20 sentyabr kuni “IFTM Top Resa – 2016” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston turistik salohiyati keng namoyish etilmoqda.

“IFTM Top Resa” dunyodagi eng yirik va nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yil mazkur tadbirda AQSH, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Braziliya, Rossiya, Belarus, Vyetnam, Hindiston, Isroil, Eron va boshqa mamlakatlardan bir yarim mingdan ziyod sayyohlik firma va kompaniyasi o‘z xizmatlarini taklif etmoqda. Ko‘rgazma sayyohlik sanoatining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan.

“IFTM Top Resa – 2016” xalqaro ko‘rgazmasi jahon jamoatchiligini mamlakatimiz sayyohlik sanoati imkoniyatlari bilan keng tanishtirish, xorijning sayyohlik kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ikki va ko‘p tomonlama manfaatli shartnomalar tuzish, turistik biznes rivojining tendensiyalarini aniqlash, jahon sayyohlik bozoridagi yangiliklar va o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishish, bu borada o‘zaro ­fikr­ va tajriba almashish imkonini beradi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Avgust kengashlari ish boshladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: