AKT mutaxassislari uchun yangi ta’lim loyihasi

“ICTWEEK – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Markaziy Osiyodagi dastlabki Axborot texnologiyalari va tarmoqlari avtomatlashtirilgan akademiyasi ochildi.

AKT mutaxasissislarini tayyorlash axborot-kommunikatsiya sanoatini barqaror rivojlantirishning muhim omillaridan. Markaziy Osiyodagi dastlabki Axborot texnologiyalari va tarmoqlari avtomatlashtirilgan akademiyasi Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy etilgan yangi “HAINA” ilmiy-ta’lim loyihasi doirasida tashkil etildi. “HAINA” loyihasi doirasida iqtidorli talabalar salohiyatini yuzaga chiqarish va AKT sanoatini ommalashtirish maqsadida ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik ko‘zda tutilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maxsus smart-laboratoriya jihozlangan. Bu yerdagi o‘ziga xos dasturiy ta’minot, zamonaviy o‘quv texnologiyalari yoshlarga nazariy bilim olish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu borada yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha qator ta’lim kurslari va onlayn-treninglar tashkil etildi.

Shuningdek, loyihada o‘qituvchilar uchun o‘qitishning dasturiy ta’minotini lo­yihalashtirishga doir mashg‘ulotlar, trening-markazlar tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yana o‘qing:  2018 yil 1 yanvardan xususiy notariuslar ish boshlaydilar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: