O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi
RIO-DE-JANEYRO ShAHRIDA (BRAZILIYa) BO‘LIB O‘TGAN XV YOZGI PARALIMPIYa O‘YINLARI G‘OLIB VA SOVRINDORLARINI PUL MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLASH TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida Paralimpiya harakatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtiroki, jasorat, matonat va mardlik namunasini ko‘rsatib, yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yanada yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shgani uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-son qaroriga muvofiq:
- Quyidagi sportchilar biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar:
oltin medal olgani uchun
har biri 200 000 AQSH dollari bilan:
Namozov Sherzod Nasimovich – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Nigmatov Utkirjon Ismatillo o‘g‘li – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Tulendibayev Adiljon Rishatovich – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Norbekov Xusniddin Kilichboyevich – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Svechnikov Aleksandr Vladimirovich – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Kayumova Nozimaxon Nomonjonovna – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Musabekov Firdavsbek Ulug‘bek o‘g‘li – suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Amilova Fotimaxon Ravshanbek qizi – suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
kumush medal olgani uchun
har biri 100 000 AQSH dollari bilan:
Alimova Xaytjon Abdulla qizi – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Burxonova Safiya Kaimovna – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Odilova Muslima Ulug‘bek qizi – suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Pankov Kirill Dmitriyevich – suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
bronza medali olgani uchun
har biri 75 000 AQSH dollari bilan:
Boboyev Shuxrat Shonazarovich – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Saidov Feruz Beshimovich – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Sharipov Shirin Xomitovich – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Salayeva Sevinch Odambay qizi – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Raximova Gulruh Ilxambekovna – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Nurmetova Tursunpashsha Baxramovna – dzyudo bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Saliyev Doniyor Nurulla o‘g‘li – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Bozorov Axror Botirovich – pauerlifting bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Tursunxo‘jayev Muzaffar Shuxratillo o‘g‘li – suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Xorlin Dmitriy Sergeyevich – suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Toshpulatova Shoxsanamxon Dilshodbek qizi – suzish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Ibragimov Server Yusufovich – o‘q otish bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Saxatov Miran Miryunusovich – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Xamrayev Faxriddin Farxodovich – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi;
Abdurashidov Mansur Samat o‘g‘li – yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi.
- Belgilab qo‘yilsinki, pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSH dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgaliqda ajratilgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha belgilangan tartibda konvertatsiya qilsin.
- O‘zbekiston Respublikasi sport delegatsiyasi tarkibidagi sportchilarning 2016 yildagi XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlari qatnashchilari O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan sotib olingan “Malibu” markali yengil avtomobillari bilan ilovaga muvofiq mukofotlansin.
- Belgilab qo‘yilsinki, ushbu farmoyish asosida jismoniy shaxslarga berilgan yengil avtomobillar qiymatiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
- Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2016 yil 19 sentyabr