Chin baxt qo‘rg‘oni

Har bir millatning o‘z rasm-rusumlari, urf-odat va an’analari bo‘ladi. Ular bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgan an’analar emas.

Davrlar o‘tib, ularning orasida barchaga ma’qul, foydali, manfaatli, kundalik turmushning u yoki bu jihatlarini tartibga solishga qaratilgan, saralangan, hammaga qulay shakllari avloddan avlodga o‘tib, qadriyatlarga aylanadi. Ana shu urf-odatlarning yashovchanligini ta’minlovchi mas­kan oila bo‘lib, uning zaminida insoniy munosabatlar, xalq ma’naviyati yotadi.

Millatimiz tarixiga nazar tashlasak, xalqimiz azal-azaldan oila va nikohni muqaddas bilib, butun orzu-umidlarini aynan shu maskan bilan bog‘laganligini ko‘rishimiz mumkin. Oila orqali esa onani, kelajak vorislari bo‘lmish yosh avlodni ardoqlash, nasl-nasabga e’tibor berish kabi qadriyatlar ham sayqal topib bordi. Zero, ayol o‘z farzandlarini hayotda to‘g‘ri yo‘lga solishga o‘zini mas’ul deb bilgan inson timsoli bo‘lib kelgan. U farzandlari o‘rtasida tinchlik, totuvlik, hamjihatlik munosabatlari ustuvor bo‘lishida butun ayollik aqlu zakovatini, fahm-farosatini ishlata oladigan xilqatdir.

Shu bois, oila tinch, unda xotirjamlik ustuvor bo‘ladi. Bu esa zaminimizda yashayotgan har bir inson uchun buyuk qadriyat, e’zozlanuvchi udumlarimizdandir. Qolaversa, jonajon poytaxtimizning qoq o‘rtasidagi Mustaqillik maydonida “Baxtiyor ona” haykalining o‘rnatilganligi ham bejiz emas. Bu noyob tarixiy obida Sharqda ayolning va u tarbiya beradigan farzandlar kamolining ahamiyati va nufuzini namoyon etib turadi.

Aslida oila va nikohni qad­riyat deb e’zozlashimiz bizlarga ota-bobolarmizdan merosdir. Quvonarlisi, mamlakatimiz mustaqilligi qon-qonimizga singib ketgan ana shu qadriyatlarning qayta tiklanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Istiqlol tufayli momolarimiz suyib kuylagan allalarimiz, dos­ton, ertak va naqllarimiz qaytib keldi. Mahalla va oilaga bo‘lgan jiddiy e’tibor esa milliy qadriyatlarimizni qayta tikladi.

Demak, oilani qadrlashimiz, o‘zligimiz, milliy qad­riyatlarimizni asrab-­avaylashimiz, sha’nimizga dog‘ yetkazuvchi harakatlardan farzandlarimizni saqlashimiz, “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” tamo­yilida bir-birimizga befarq bo‘lmasligimiz zarur. Bu esa oilani mustahkamlash, unda komil insonni tarbiyalashimizda barchamizga qo‘l keladi. Shunisi ahamiyatliki, biz uchun “baxt”, “oila”, “hayot” tushunchalari uyg‘un va chambarchasdir. Kundalik turmushimizda qay yumush bilan band bo‘lmaylik, qanday lavozimda ishlamaylik yaqinlarimiz, oilamiz davrasiga intilamiz. Shunday ekan oila biz uchun muqaddas dargoh, barcha baloyu ofatlardan saqlaydigan, baxt tarozimizni mo‘tadil ushlab turadigan, o‘zligimiz, o‘zbekligimizdan g‘ururlanish hissini tarbiyalaydigan sadoqat maskani bo‘lib qolaveradi.

Yana o‘qing:  Paralimpiyachilarimizning zafarli odimlari

 

Go‘zal NORBEKOVA,

Toshkent shahridagi 1-sonli FHDYo

1-toifali inspektori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: