Kitob – hayot ko‘zgusi

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Toshkent viloyat hokimligi, “O‘zdavkitobsavdota’minot” hamda “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi hamkorligida oilaviy kitob bayrami tashkil qilindi.

Ma’naviy yetuklikning in’ikosi bo‘lgan va kitobsevarlarni bir yerga jamlagan mazkur tadbir qamrovining kengligi, mavzuining xilma-xilligi bilan ajralib turdi. Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni yanada yaxshilashni maqsad qilgan kitob bayramida bir qator nashriyot va matbaa korxonalari tomonidan chop qilinib, so‘nggi yillarda turli xalqaro va nufuzli ko‘rgazmalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, bolalar hamda o‘smirlarga mo‘ljallangan kitoblar o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi.

– Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi, oilalarda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, inson ongini o‘stirish, uning komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi, – deydi Temur Baxtiyorov.

Shuningdek, bayramga kelganlar ishtirokida “Eng faol kitobxon”, “Eng kitobxon oila”, “Kitob mualliflarini tezroq topish” kabi intellektual viktorinalar o‘tkazildi.

Maftuna BOYXONOVA,

O‘zDJTU talabasi

Yana o‘qing:  Tabiatning betakror tuhfasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: