Yaxshilik haqida hikmatlar
Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q –
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘!
Zahiriddin Muhammad Bobur
Yaxshilik hammaga bevosita sevimli. Agar shunday bo‘lmaganda edi, har kim o‘z istagan, orzu qilgan va yoki o‘zicha yaxshilik deb tasavvur qilgan biror narsani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lardi.
Abu Ali ibn Sino
Hamisha kishiga yaxshilik ko‘zla,
Faqat yaxshilikdan omonlik izla.
Nosir Hisrav
Baland saroy qurib qilgandan obod,
Yaxshidir bir g‘arib dilin qilsang shod.
Abulqosim Firdavsiy
Odamiylikning belgisi himmat va muruvvatdir, odam o‘z himmati va muruvvati barobarida qadrlanadi.
Yusuf
Xos Hojib
Inson hamma yerda ulug‘… Uning ulug‘ligi qo‘lidan kelgan ishlarda, yaratuvchiligida ko‘rinib turadi.
Abdulla Qahhor