Qizlarimiz umumjamoa hisobida birinchi

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi a’zolari Iordaniyada o‘tgan II Afro-Osiyo chempionatida 10 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Tajribali atletimiz Marina Sisoyeva vazni 53 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida shtangani dast ko‘tarishda 82 kilogramm, siltab ko‘tarishda 103, ikki kurashda 185 kilogramm natija qayd etib, uchta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan qizlar bahsida Muattar Nabiyeva shtangani siltab ko‘tarish bahsida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi atletlar musobaqasida g‘oliblik uchun kurash mamlakatimiz sportchilari o‘rtasida kechdi. Yakunda Manzura Mamasoliyeva uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Gulnoza Ahmadova uchta kumush medal bilan taqdirlandi.

Vazni 75 kilogramm gacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida ham birinchi o‘rin terma jamoamiz a’zosi Omadoy Otaqo‘ziyevaga nasib etdi. Ilk bor xalqaro maydondagi musobaqalarda ishtirok etayotgan umidli sportchimiz Dolera Davronova vazni 75 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan atletlar bahsida uchta bronza medal bilan taqdirlandi.

Chempionatda O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Ma’rifat va mutolaa koshonasiga sayohat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: