Futbolchilarimiz safarda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati Osiyo saralash musobaqasi uchinchi bosqichining ikkinchi turida Qatar terma jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Ushbu bosqichda Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Qatar va Suriya milliy terma jamoalari bilan birga “A” guruhidan joy olgan mamlakatimiz futbolchilari dastlabki uchrashuvda Aleksandr Geynrixning goli evaziga suriyaliklar ustidan 1: 0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritgan edi.

Mutaxassislar O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ham futbolchilarimizning ustunligini taxmin qilishgan edi. Quvonarlisi, Doha shahrida o‘tgan bahsda bu o‘z tasdig‘ini topdi. Uchrashuv boshidan hujumkor o‘yin namoyish etgan futbolchilarimiz yakunda 1: 0 hisobida g‘alaba qozondi.

Suriya va Janubiy Koreya, Xitoy va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilikda hisob ochilmadi. Shunday qilib, mamlakatimiz futbolchilari “A” guruhida ikki tur yakunlari bo‘yicha peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi 6 oktyabr kuni navbatdagi tur uchrashuvini o‘z maydonida eronlik futbolchilarga qarshi o‘tkazadi.

Yana o‘qing:  Prezidentimizning mehri va g‘amxo‘rligini hech qachon unutmaymiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: