Ma’rifat va mutolaa koshonasiga sayohat

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 6-9 centyabr ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi.

Kutubxona bo‘ylab tashkil etilayotgan ushbu tadbir yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, mazkur ma’rifat maskanida kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklardan xabardor etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir doirasida Toshkent temir yo‘l muhandislari, Toshkent moliya, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutlari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga kutubxona faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Mazkur kutubxonaga 12 yoshdan boshlab a’zo bo‘lish mumkin. Ularga a’zolikni tasdiqlovchi plastik kartochkalar taqdim etiladi. Rasmiy veb-saytda foydalanuvchilarga sifatli va keng miqyosda xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari mavjud.

Bu yerda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga doir axborotlar, O‘zbekiston Respublikasining axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan kutubxonalar ro‘yxati, kutubxonaning elektron katalogidan foydalanish va adabiyotlarga buyurtma berish kabi xizmatlar taqdim etilgan.

Tadbir doirasida shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at namoyondalari bilan uchrashuvlar, taqdimot marosimlari, treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  Kitobxonlik: harbiylar o‘zaro fikr almashishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: