Elga xizmat qilish – oliy baxt

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga mus­taqilligimizning ilk yillaridan boshlab ustuvor vazifa sifatida qaralib kelinmoqda.

Shu bois, yurtimizda olib borilayotgan barcha ezgu ishlar zamirida aynan barkamol avlod orzusi mustahkam o‘rin egallagan.

1993 yil 4 mart sanasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq, mustaqil yurtimizning ilk “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan edi. Bu yurtimizda inson va uning manfaatlari yuksak qadrlanayotgani, kelajak avlodning jismoniy hamda ruhiy kamoloti oliy qadriyat sifatida e’tirof etilayotganining o‘ziga xos, yorqin ramzi sanaladi.

Quvonarlisi, shu bugunga qadar mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga alohida hissa qo‘shib kelayotgan ko‘plab yurtdoshlarimiz ana shu orden bilan taqdirlandi. Ular orasida Qashqadaryo viloyati, Qarshi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada o‘n sakkiz yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan shifokor-pediatr Go‘zal Rashidova ham bor.

– Farzandlar salomatligi yo‘lida olib borgan kamtarona mehnatim munosib baholanib, Yurtboshimiz tomonidan II darajali  “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandim, – deydi Go‘zal Rashidova. – Bu nafaqat mening, balki ahil jamoamizning qo‘lga kiritgan yutug‘idir.

Istiqlol yillarida yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy tibbiyot muassasalarining qurilib, foydalanishga topshirilishi, aholi salomatligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda. Jumladan, Qarshi tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika ham bugunga kelib zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlandi, bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Endilikda muassasada barcha bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

– Davlatimiz rahbarining “Farzand­larimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lishlari shart!” degan so‘zlari xalqimiz uchun o‘ziga xos da’vatga aylanganini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi, – deydi G.Rashidova. –  Bugun farzandlarimiz har jihatdan sog‘lom va barkamol bo‘lib kamolga yetmoqda. Ular erishayotgan yutuqlar esa barchamizning qalbimizni faxru iftixorga to‘ldiradi.

 O‘zbekistonda navqiron avlod kamoloti va istiqboli, oila, onalik va bolalik manfaatlarini kuchli ijtimoiy himoyalash borasidagi tizimli va puxta o‘ylangan amaliy chora-tadbirlar xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda. Zero, farzandlarini tinch va osoyishta yurtda bezavol, tani sihatlikda ulg‘aytirish, ularni el koriga yaraydigan insonlar etib tarbiyalash har bir yurtdoshimizning ezgu orzusidir.

Yana o‘qing:  Yuraklarga singgan Vatan saodati

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: