YANGI ShIFO MASKANI

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida barcha zamonaviy qulayliklarga ega “Astro neiromed” davolash-diagnostika markazi faoliyat boshladi.

Ushbu xususiy klinikani ishga tushirishda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan ajratilgan 100 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘idan samarali foydalanildi.

– Zamonaviy davolash-diagnostika markazini ishga tushirishimizda Prezidentimiz tomonidan yurtimizda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilishga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani muhim omil bo‘ldi, – deydi markaz rahbari Jamshid Jabborov. – Yigirma nafar malakali mutaxassislar faoliyat olib borayotgan klinikamizda bemorlarga aniq tashxis qo‘yish imkoniyati mavjud.

Klinikada umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq kasalliklar zamonaviy apparatlar yordamida samarali davolanmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yerda qo‘llanilayotgan davo usuli kasallikni asoratsiz davolash, jarrohlik operatsiyasining oldini olish imkonini beradi.

Shifoxonada Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti professorlarining maslahat-qabul kunlari ham tashkil etilgan.

A.MUSTAFOQULOV

Yana o‘qing:  TA’LIM AMALIYOTDA YUKSALADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: