Guvohnomani almashtirishim mumkinmi?

Farzandim Koreya Respublikasida tug‘ilgan. Uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ham shu davlatda olingan. Ushbu hujjatni O‘zbekiston Respublikasining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga almashtirishim mumkinmi?

Yulduz ESHMANOVA,

Toshkent shahri

 

Savolga Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 4-davlat notarial idorasi notariusi Iroda ZUPAROVA javob beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (1999 yil 12 aprel) bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning IX bo‘limida xorijiy davlatlarning vakolatli muassasalari tomonidan mamlakatimiz fuqarolariga berilgan fuqarolik holatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni almashtirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bunday hujjatlar O‘zbekistonning gerbli guvohnomalariga almashtirilishi mumkin.

Hujjatlar fuqarolarning yozma arizalariga ko‘ra doimiy yashash joylaridagi FHDYo organlari tomonidan ushbu hujjatlar va ularning belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan tarjimalari asosida, hujjatning berilgan vaqti va joyini ko‘rsatgan holda va tiklangan dalolatnoma yozuvlarini qayd etish orqali almashtiriladi. Almashtirish paytida topshirilgan hujjatlar FHDYo organi arxivida 75 yil saqlanadi.

Yana o‘qing:  “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: