Salomatlik yo‘lidagi hamkorlik
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Friendsdorf International” xalqaro tashkiloti ko‘magida Germaniyaga yuborilgan 13 nafar bola davolanib, yurtimizga qaytib keldi.
Ta’kidlash kerakki, fondning “Friendsdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorligi samarasida 2002–2016 yillarda 320 dan ziyod o‘zbekistonlik bolaga Germaniya klinikalarida zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi. 2016 yilda “Chiroyli oyoqlar” loyihasi doirasida tug‘ma ortopedik xastaliklari bilan kasallangan 15 yoshgacha bo‘lgan 128 nafar bola operatsiya qilindi.
M. HASANOVA