“Aqlli” kamera yaratildi

Bugungi kunda ko‘plab odamlar shaxsiy turar joy binolarini qo‘riqlash maqsadida o‘ziga xos himoya vositalaridan keng foydalanmoqda.

Shulardan eng ko‘p tarqalgani maxsus kuzatuv kameralari hisoblanadi. Ayni paytda bozorlarda bu qurilmalarning turfa xilini uchratish mumkin.

Yaqinda smanos UFO firmasi Smart Home Camera (uy uchun aqlli kamera) nomli yangi kuzatuv kamerasini foydalanuvchilar e’tiboriga havola etdi. Mazkur nom uskunaga shunchaki qo‘yilmadi. Birinchidan, uning devays korpusi o‘zga sayyoraliklar tarelkasiga o‘xshash tarzda ishlangan. Ikkinchidan, u XXI asrning “Aqlli” qurilmasi sanaladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur kuzatuv uskunasi yordamida 3600 maydonni ko‘zdan kechirish mumkin.

Kamera yuqoriga o‘rnatiladi va foydalanuvchi uning yordamida atrofda bo‘layotgan barcha jarayonlarni bemalol kuzata oladi. Agar qurilma xonada joylashgan bo‘lsa, u atrofni to‘liq “kuzata” oladi. Shuningdek, kamera tunda ham maxsus yoritish vositalari orqali xonani nazorat qilib turishi mumkin. “Aqlli” qurilma uy egasining smartfon yoki planshetiga tasvirni uzatib turish imkoniga ega.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  LIONEL MESSI ISPAN TILI LUG‘ATIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: