Qovunning shifobaxsh xususiyatlari

Uning vatani Afrika va Janubi-sharqiy Osiyo hisoblanadi. Mazkur poliz ekini issiqlik va quyoshni xush ko‘radi, namgarchilikkka qiyin moslashadi. Naviga qarab qovun 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda pishib yetiladi.

100 gramm qovunda 35 kkal bo‘lib, ayniqsa, u semizlikdan aziyat chekayotgan insonlar uchun foydali sanaladi. Uning tarkibida shakar (16-18 va hatto, 20 foizgacha), karotin, vitamin V9, S, R, A provitamini, juda ko‘p miqdorda foli kislotasi va temir, pektin moddasi, yog‘lar, mineral tuzlar mavjud.

Ushbu poliz ekini ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Tarkibidagi foli kislotasi esa qon aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ateroskleroz, kamqonlik, yurak-qon tomir tizimi xastaliklarida foydali sanaladi.

Qovun me’da kasalliklari, turli ruhiy tushkunlik holatlari (depressiya), o‘pka bilan bog‘liq kasalliklarda, revmatizm, sil, singa (vitamin yetishmasligi natijasida tishlarning tushib ketishi), bo‘g‘im xastaliklarida, yo‘talga qarshi hamda gijja haydovchi vosita sanaladi. Qovun urug‘i qaynatib iste’mol qilinsa, peshob tutilishi va qovuqda tosh paydo bo‘lish kabi xastaliklarni davolashda katta yordam beradi.

Uning sharbati esa kamqonlik, qabziyat va bavosil kasalliklarida yaxshi samara beradi.

Urug‘laridan tayyorlangan damlama peshob haydovchi va yumshoq surgi dori vositasi sanaladi. Shuningdek, u ekini chanqoqni bosadi, asab tizimini tinchlantiradi. Qolaversa, qovundan yuzni oziqlantiruvchi va tarangligini oshiruvchi niqob tayyorlasa ham bo‘ladi. Agar mazkur niqobdan bir oy mobaynida doimiy ravishda foydalanilsa, yuz terisi yosharib, silliq holga keladi.

Aksincha, yetilib pishmagan qovun me’da ichak yarasi va o‘tkir gastrit (me’da shilliq qavatlarining yallig‘lanishi) bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari och qoringa uni iste’mol qilish mumkin emas.

Emizikli onalarga, qandli diabet, me’da-ichak tizimi yara kasalliklari va 12 barmoqli ichak-yara xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarga va dizenteriya (ichburug‘)da ham tavsiya etilmaydi.

Qovun iste’mol qilgandan so‘ng sovuq suv ichish mutlaqo mumkin emas. Shuningdek, bu poliz ekinini yegach, ustidan qatiq, kefir, sut, yogurt ichish ichaklar faoliyatini buzilishiga sabab bo‘ladi.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Ruslan – olimpiya o‘yinlari rekordchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: