Ozon bilan davolash – yangi va istiqbolli usul
Davolashning bu turida ozon gazi maxsus tibbiy uskuna ozonotorlar yordamida ishlab chiqariladi. Ushbu gazning foydali xususiyatlari to‘g‘risida shifokorlar o‘tgan asrda ham ma’lumotga ega bo‘lganlar.
Hali antibiotiklar fanga noma’lum bo‘lgan paytdayoq, soha mutaxassislari yaradorlarning teri yuzasidagi jarohatini ozon bilan muolaja qilishgan. Biroq, tabiatning bu noyob ne’mati bilan davolash bir necha o‘n yilliklar ichida boshlandi. Uni maxsus eritilgan kislorod bilan aralashtirilgan holda shifokorlar teri osti, mushaklar orasi va vena ichiga muolaja sifatida yuboradi. Ozon organizmga kirganda ko‘plab hayotiy muhim biokimyoviy jarayonlar amalga oshadi. Shuningdek, bu modda bakteriya, virus va zamburug‘larni yo‘q qilishda ham juda qo‘l keladi. Yana u organizmdagi tiklanish jarayonlariga ijobiy ta’sir etadi. To‘qimalarda hujayra darajasida kislorod tanqisligini bartaraf etadi. Insonning kuch-quvvati sarflanganda zahiradagi yog‘larning erib, to‘qimalarga to‘g‘ri taqsimlanishida o‘z hissasini qo‘shadi, immunitetni ko‘taradi. Bu o‘z navbatida ko‘pgina kasalliklarning tuzalishiga yordam beradi.
Bugungi kunda bizning “Zdorovye vsem” nomli klinikamizda yurak qon-tomir, me’da-ichak tizimi (me’da yallig‘lanishi va yarasi, kolit, yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi), gepatit (jigar hujayralari yallig‘lanishi), disbakterioz (ichak mikroflorasining buzilishi), nafas olish tizimi kasalliklari, ya’ni (surunkali bronxit, astma (ziqqinafas), shuningdek, tayanch-harakat tizimi (revmatizm-bod, artritlar hamda artrozlar (bo‘g‘imlarning tog‘ay bilan birikkan joyidagi yallig‘lanishlar), jarrohlik xastaliklarida, yuqumli kasalliklar va qandli diabetni davolashda ham ozonning o‘ziga xos xususiyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Aytish joizki, organizmdagi har bir kasallik rivojlanishida ozon turlicha miqdorda qo‘llaniladi. Masalan, qo‘l va oyoqlar terisining yuza qismida joylashgan tashqi yaralarni davolashda ozon shimdirilgan moyli malhamdan tayyorlangan maxsus elastik kameralar kiydirib qo‘yiladi. Bu muolajani asosiy davolash usullariga qo‘shimcha ravishda ham qo‘llash mumkin. Shuningdek, alohida o‘zi amalga oshirilsa ham uning davolash samarasi yuqori bo‘ladi. Qonni ozonga to‘yintirish uchun esa u fiziologik eritmada eritilib, vena ichiga yuboriladi. Bundan tashqari, umurtqa pog‘onasi atrofidagi to‘qimalar va bo‘g‘imlar ozonlangan shifobaxsh moy bilan uqalanadi yoki maxsus ignalar yordamida davolanganda ham bu yog‘ ishlatiladi.
QAYSI KASALLIKLARDA OZON BILAN DAVOLASH MUMKIN?
Ko‘p hollarda asosiy davolash usullariga qo‘shimcha ravishda ozon muolajasi qo‘llaniladi.
Qon aylanishining buzilishida yaxshi samara beradi
Organizmda arterial qon aylanishi buzilsa, oyoqlar muzlaydi. Odam uncha katta bo‘lmagan masofaga yurganida ham oyoqlari og‘riydi. Quvonarlisi, tibbiyot rivojlanib borishi tufayli mana qirq yildirki, xastalikning ushbu belgilari ozon bilan samarali davolanib kelinmoqda.
Organizmning umumiy quvvatini tiklaydi
Professional sportchilar uzoq davom etgan jismoniy va ruhiy charchoqdan so‘ng umumiy quvvatni tiklash maqsadida ham ozonoterapiyadan foydalanishadi. Chunki, bu davolash usuli qizil (eritrotsit va oq (leykotsit) qon tanachalaridagi metobolizm, moddalar almashinuvi)ni faollashtiradi.
Keksalarni ozon bilan davolash foydali
Sababi, organizmdagi a’zo va to‘qimalar kislorod bilan tez to‘yinadi. Ularning immun tizimi mustahkamlanadi. Antioksidant (saratonga qarshi kurashuvchi moddalar) tez o‘zini tiklaydi, ayniqsa, keksalarda qon aylanishi buzilsa, davolash yaqqol o‘z samarasini beradi. Yoshi kattalar surunkali xastaliklardan tez forig‘ bo‘lishadi. Shuningdek, bunday bemorlar jismoniy yuklamalardan tez charchab qolishmaydi. Muhimi, ularning hayot tarzi ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Ko‘z kasalliklarini bartaraf etishga ko‘maklashadi
Arterial qon bosimining oshishi asta-sekin ko‘z soqqasining ham oziqlanishini buzadi. Natijada, ko‘z nuri kamayadi. Bu esa qariyalarda keksalik makulodistrofiyasi deb ataladi. Ko‘ruv asab tolasi faoliyati buziladi. Agar bemor qoni ozon bilan to‘yintirilib, autogemoterapiya (uning o‘z qoni o‘ziga qayta yuboriladi) usulida davolansa, bir necha oyga ko‘zning ko‘rish qobiliyati oshadi.
Zamburug‘li, yuqumli yara kasalliklarida, terining yuqumli yara bilan shikastlanishini davolashda eng qulay usuldir
Ozonning zamburug‘ va bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyati shifokor-mutaxassislarga ko‘pdan ma’lum. Uning mahalliy yara o‘choqlariga qo‘llanishi terining zamburug‘li va boshqa yuqumli yaralar bilan shikastlanishini davolashda ijobiy samara ko‘rsatadi. Jarrohlar uchun xastalik chaqiruvchi bakteriyalarning yaraga tushib, uning bitishiga monelik qilishi muammo tug‘dirar edi. Yuqori dozadagi antibiotiklarni bemor organizmiga yuborish uning bir a’zosiga foyda qilsa, yana bir a’zosiga shikast yetkazardi. Ozon bilan davolash esa yuqumli yaralarni tozalab, uning tez bitishiga ko‘maklashadi hamda xasta kishilarni ko‘p miqdorda antibiotiklarni qabul qilishdan xalos etadi.
Ichak xastaliklari (proktatit va kolit)da bemor sog‘ligini tez tiklaydi
Yo‘g‘on ichakning quyi qismida yallig‘lanish jarayoni kuzatilsa, (ayniqsa, uni erta aniqlashning iloji bo‘lsa), 10 marta olingan ozonli muolaja bemorni tezda oyoqqa turishiga ko‘maklashadi. Tadqiqotchilarning kuzatishlariga ko‘ra, 10 foizgina xasta insonlar uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lishar ekan.
Gerpes (uchuq) virusiga qarshi immunitet mustahkamlanadi
Agar bemorda gerpes infeksiyasi kuzatilsa, ozonli suv bilan uchuq chiqqan joylarga kompress (bozillama)qo‘yiladi. Yana bemorlarga ozonli autogemoterapiya muolajasi qo‘llaniladi. Natijada xasta odamning viruslarga qarshi immuniteti oshadi, ahvoli yaxshilanadi.
Jigarning yallig‘lanish jarayonlariga tashxis qo‘yish va uni davolashda ham samaralidir
A virusli gepatitga tashxis qo‘yish va uni davolash infeksionistlar uchun qiyin emas. Ammo virusli V va S gepatitlar ko‘pincha surunkali tusga o‘tishi mumkin. Bu xastaliklarni ham davolashda ozonli autogemomoterapiya katta yordam beradi.
Bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi va ularning kichrayish xastaliklarida foydali
Bo‘g‘im kasalliklarida ular orasiga ozon yuborish yuqori samara beradi. Sababi, bu tibbiy muolajadan so‘ng tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvi yaxshilanadi.
Revmatik artrit va surunkali poliartrit ortga chekinadi
Oyoq va qo‘llardagi ko‘pgina bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi (poliartrit) va revmatik artrit (revmatizm sababli bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi (bod) kasalligida ham bemorni kompleks davolashga qo‘shimcha sifatida uning immunitetini ko‘tarish maqsadida ozonli autogemoterapiya usuli ham qo‘llanishi zarur.
Qarshi ko‘rsatmalar
Miokard infarktining o‘tkir kechishida, ichki qon ketishlar, giperterioz (qalqonsimon bez kattalashib, uning faoliyati kuchayib ketganda, tutqanoq xurujlariga moyillik, spirtli ichimliklardan o‘tkir zaharlanish, trombotsitopeniya, ozonga allergiya bo‘lsa, bemorga ushbu muolaja tavsiya etilmaydi.
Eng asosiysi, kislorodning faol turini shifobaxsh dori vositasi sifatida qo‘llashda albatta, ushbu sohani mukammal egallagan shifokor-mutaxassisga murojaat etish kerak. Ozonoterapiya organizmda kechadigan biokimyoviy jarayon (oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari)ga ijobiy ta’sir etadi. Ammo, tibbiy ozon faqatgina maxsus uskunadan olinishini unutmang.
Muloqot uchun telefonlar: (0-371) 252-77-95,252-71-17.
Xizmatlar litsenziyalangan.
Narimon XOLMEEV,
“Zdorovye vsem” tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari nomzodi