7 kun davomida

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari oilalariga mo‘ljallangan 64 xonadondan iborat to‘rt qavatli zamonaviy uy foydalanishga topshirildi.

 

Navoiyda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Navoiy shahridagi Tasviriy san’at galereyasida “Vatanimga mening tuhfam!” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, Yoshlar markazida innovatsion va biznes g‘oyalar taqdimoti, turli ko‘rgazmalar o‘tkazildi.

 

Toshkent viloyatidagi Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun mediatur tashkil etildi. Tadbir doirasida jurnalistlar mazkur milliy bog‘ning mo‘tadil iqlimi, tabiiy va qadimiy yodgorliklari bilan mashhur bo‘lgan 30 ga yaqin hududida bo‘lib, yurtimiz o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Emlash – virusli gepatit profilaktikasida muhim omil

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: