Felpsga havas qilishning o‘zi zavqli

AQSHlik nomdor suzuvchi Maykl Felps o‘z faoliyatidagi yigirmanchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Sportchi Riodagi musobaqalarda 200 metrga batterflyay usulida suzishda barcha raqiblarini dog‘da qoldirdi. Kumush medal yaponiyalik Masato Sakaiga, bronza medal esa vengriyalik Tamash Kendereshiga nasib etdi.

Felps uchun bu oltin medal Riodagi ikkinchisi bo‘ldi. Avvalroq u krol usulida 4x100 metr estafeta bahsida AQSH terma jamoasi safida oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Felps navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritgach, o‘zining rekordini yanada yaxshiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Maykl Olimpiada tarixida eng ko‘p medalni qo‘lga kiritgan sportchi hisoblanadi.

Yana o‘qing:  Ko‘kka qadagaymiz Vatan bayrog‘in

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: