Ozish uchun yangi uskuna

Semizlikdan aziyat chekayotgan insonlar uchun mo‘ljallangan mazkur qurilma AQSH dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tavsiya etildi.

Ushbu ixtiro tana vaznida 35 kg. dan 55 kg. gacha o‘zgarishi bor va semizlikning og‘ir turi bilan aziyat chekayotgan, ozishga qiynalayotgan bemorlar uchun tavsiya qilinadi.

“AspireAssist” qurilmasidan foydalanish uchun jarrohlik muolajasi o‘tkaziladi. Buning uchun bemor me’dasiga maxsus naycha o‘rnatiladi, qorin sohasiga joylashtirish uchun klapan (maxsus qopqoq) bilan biriktiriladi.

Bemor ovqat tanovul qilgach, 20-30 daqiqadan so‘ng klapan maxsus o‘tish joyiga birikib, ovqatning 30 foizga yaqini nasos vositasida naycha orqali harakatlanadi. Bu jarayon 20 daqiqa davom etadi va natijada iste’mol qilingan taom quvvatining uchdan bir qismini qisqartirishga erishiladi.

Qurilmaning o‘ziga xosligi klinik sinama natijasida tasdiqlandi. Moslama 111 nafar bemorga o‘rnatildi. Natijada mazkur asbob 60 nafar insonning hayot tarziga ijobiy ta’sir etdi. Bir yildan so‘ng o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra bemorlarning o‘rtacha ozish darajasi 12 foiz deb belgilandi.

Xurshida TOLIBJON qizi

Yana o‘qing:  KT va MRT har doim ham tashxisni to‘g‘ri aniqlaydimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: