SANJAR TURSUNOV – YIL FUTBOLCHISI

2012 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

2012 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo‘yicha OAV xodimlari o‘rtasidagi so‘rovnoma 7 yanvar kuni boshlanib, eng so‘nggi ovozlar 18 yanvargacha qabul qilindi. Bu yilgi so‘rovnomada matbuot, radio va televideniye, internetda, futbol jamoalari, hududiy futbol federatsiyalari matbuot xizmatlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, shuningdek, mustaqil jurnalistlar va bloggerlar, jami 184 nafar OAV xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Vladikavkazning “Alaniya” klubi o‘ng qanot yarim himoyachisi Sanjar Tursunov uchun 2012 yil, ayniqsa, terma jamoa safida samarali keldi. Iqtidorli yarim himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yetti uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, ushbu gollardan ikkitasi JCH-2014 saralash 4-bosqich doirasida Janubiy Koreya hamda Qatar terma jamoalariga qarshi bahslarda urilgani e’tiborga molikdir.

Shundan kelib chiqib, o‘zbekistonlik OAV xodimlari Sanjar Tursunovni 111 marta birinchi o‘ringa, 39 marta ikkinchi o‘ringa va 21 marta uchinchi o‘ringa nomzod sifatida ko‘rsatishdi, buning natijasida yarim himoyachi 321 ball to‘plab, eng yaqin ta’qibchisi – O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Mahachqal’aning “Anji” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedovni 80 ochkoga, so‘rovnomada uchinchi bo‘lgan milliy terma jamoa va Qozog‘istonning “Irtish” klubi hujumchisi Ulug‘bek Baqoyevni 159 ochkoga ortda qoldirdi.

Navro‘z NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Muzlatilgan mevalar foydalimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: