Iqtidor va iste’dod doim g‘alabalarga undaydi

O‘zbekiston yoshlari xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan turli nufuzli tanlovlar, festivallar, fan olimpiadalari, sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, qanday buyuk ajdodlarning vorislari ekanini dunyo ahliga namoyon etayotir.

Shu yilning 23 iyulidan 1 avgustiga qadar Tbilisi shahrida kimyo fani bo‘yicha o‘tkazilgan 48-Butunjahon olimpiadasida yoshlarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki buning yorqin dalilidir.

Mazkur intellektual bellashuvda 75 davlatdan 300 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashdi. Olimpiadada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi o‘quvchisi Sarvar Shoyunusov kumush, Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 1-akademik litsey o‘quvchisi Jahongir Faxriyev va Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Charos Omonova bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Ular joriy yilning may oyida Rossiyada o‘tkazilgan kimyo fani bo‘yicha 50-xalqaro Mendeleev olimpiadasida ham sovrindorlar safidan joy olgan edi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  DILLARNI TUTASHTIRGAN MANZILLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: