Ta’tilda qizg‘in mehnat zavqi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qurilish ob’yektlari, korxona va tashkilotlarda yozgi ta’tilga chiqqan oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakati a’zolari ham faol ishtirok etmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan an’anaviy ravishda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni vaqtinchalik ish bilan ta’minlash va qo‘shimcha daromad olishi uchun imkoniyat yaratishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ham mehnat guruhi tashkil etilib, tashabbuskor va shijoatli talabalar yozgi ta’til kunlarini qizg‘in mehnat bilan o‘tkazmoqda.

Universitetning kimyo, tarix-huquq, texnika, jismoniy madaniyat, tabiatshunoslik, fizika-matematika fakultetlarida tahsil olayotgan ana shunday yoshlardan 40 nafari qurilish ishlarida ishtirok etayotir.

Bunyodkor talabalarning bir guruhi universitetning axborot-resurs markazida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarida qatnashmoqda. Bu yerda “Jayhun universal” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3 milliard 612 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

– Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, Prezidentimiz rahnamoligida yaratilgan imtiyozdan foydalanib, universitetning fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirgan edim, – deydi uchinchi kurs talabasi Saken Serdaliyev. – Bir yigitga qirq hunar oz deganlaridek, bu yerda suvoqchilik, kafel terish, bo‘yoqchi-pardozchi kabi kasblarni ham o‘rgandim.

Bunyodkor talabalar ishchi kiyimi va issiq ovqat bilan ta’minlangan. Quruvchi yoshlarning ishdan bo‘sh vaqtini ko‘ngilli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida turli madaniy tadbirlar, uchrashuv va konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Aminboy ORTIQBOYEV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Ta’lim huquqini kafolatlash: muammolarning yechimi qanday?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: