Davlat bojini to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Hujjatni rasmiylashtirish jarayonida davlat bojini to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Mohigul JAMOLOVA,
Toshkent shahri
Ushbu savolga Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani 2-son Davlat notarial idorasi notariusi Gulchehra QULDASHEVA javob beradi.
Davlat boji olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 533-sonli qarori bilan belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra davlat boji stavkalari bo‘yicha notarial harakatlarni amalga oshirish eng kam oylik ish haqining 1 baravaridan 20 baravarigacha miqdorida undiriladi. To‘lov summasi notarial harakat turiga qarab belgilangan davlat boji stavkalari asosida belgilanadi. Har bir notarial davlat idoralari binosi ichida yoki bankda to‘lov amalga oshiriladigan kassalari mavjud. Fuqaroga hujjatlarni rasmiylashtirishdan avval qo‘liga belgilangan summada to‘lov qog‘ozi beriladi. To‘lov turiga qarab ushbu summa kassaga to‘langach, to‘langanlik haqidagi ma’lumotnomani notariusga keltiradi.
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun:
– uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun;
– kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan, xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish, renta olish, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqalarga berish va hadya qilish shartnomalarini;
– mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, tug‘ishgan aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun;
– boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun;
– xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kim oshdi savdosi orqali sotilganda shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun;
eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.