Makkajo‘xorini tez pishirish usuli

Jo‘xori qisqa vaqtda mazali va sersuv bo‘lib pishishi uchun, ikkita oddiy masalliqni qo‘shish kifoya ekan. Avvalo, mahsulotni tanlashda uning qandli turiga va sutli shiraga kirganligiga ahamiyat bering.

Zarur masalliqlar: 5 ta makkajo‘xori so‘tasi, suv, 1 stakan sut, 50 gramm saryog‘.

Tayyorlanishi: so‘talarni qoq o‘rtasidan bo‘lib, idishga soling. Ularni yopib turadigan darajada suv solib, gazga qo‘ying. Suv qaynab chiqqach, sut va saryog‘ni qo‘shing. Yana suv qaynashini kuting. Shundan so‘ng, uni o‘n daqiqaga dam oldiring.

Qaynatilgan makkajo‘xorini ustiga tuz sepgan holda dasturxonga torting. Shuningdek, unga limon sharbati quyib iste’mol qilinsa, yanada mazali bo‘ladi.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  MUROSASIZ BAHSLAR unitilmas onlarni hadya etdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: